1 sentabr kuni soat 11:00dan 18:00ga qadar Toşkent şahridagi 11ta maydonda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” şiori ostida konsert dasturlari ötkaziladi. Bugungi kunda Mustaqillik kunini “Tengsizim, çamanzorim, yagonam – Özbekistonim!” şiori ostida nişonlaşning ssenariysi işlab çiqilgan. Bu haqda şahar hokimiyati vakillari gapirib berdi.

Ma'lum bölişiça, ssenariy 4 blokka ajratilgan:
1. “Haqiqiy farzanding, asl özbekman” nomli teatrlaştirilgan kompozitsiya. U Vatanga sadoqat, ona va bola mavzulariga bağişlanadi.
2. “Elim soğlom bolasi, Vatanim gul, lolasi” nomli bolalar bloki. Unda bolalar vokal va raqs ansambllari çiqiş qiladi.
3. “Farzandlari soğlom yurt qudratli bölur” nomli uçinçi blok sportçilarning çiqişlaridan taşkil topadi.
4. “Kim edik-u, kim böldik” nomli oxirgi blok “Istiqlol solnomasi” teatrlaştirilgan kompozitsiyasidan iborat böladi.

Tadbirlarda “Özbekteatr” ijodiy birlaşmasi vakillari, Özbekiston xalq artistlari va Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi artistlari, “Nihol” mukofoti, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” tanlovi sovrindorlari, yozuvçi va şoirlar, çempionlar va sport ustalari iştirok etadi.

Asosiy bayramlar Alişer Navoiy nomidagi milliy boğda, Ğafur Ğulom, Mirzo Uluğbek, Bobur nomli, şuningdek, “Lokomotiv” va “Quyoşça nuri” boğlarida ötkaziladi. Xalq sayllari, şuningdek, Toşkent hayvonot boği, sirk hamda mudofaa vazirligi ma'naviyat va ma'rifat markazi yaqinidagi maydonlarda bölib ötadi.