Tailand politsiyasi rahbarining ma'lum qilişiça, Bangkokdagi portlaşga aloqadorlikda eng kamida 10 kişi gumon qilinmoqda. Ularning yarmidan ziyodi çet el fuqarolaridir, deya xabar berdi Reuters.
“Bu katta tarmoq. Tayyorgarlik işlarida köp miqdordagi odamlar qatnaşgan, – dedi politsiya rahbari jurnalistlarga. – Ular tarkibiga köçadagi vaziyatni kuzatib turgan haydovçilar, portlovçi qurilmalarni tayyorlaganlar, hodisa joyida bölganlar va u yerdan qanday qoçib qolişni biladiganlar kirgan.”
Eslatib ötamiz, Tailand poytaxti markazidagi kuçli portlaş natijasida 20 kişi, ular orasida xorijliklar ham bor, halok bölgan, 110 kişi jarohatlangan edi. Jabr körgan sayyohlarning aksari xitoyliklardir. Portlaş terrorçilik harakati sifatida qayd etildi.






