KXDR Janubiy Koreyaga 48 soat içida çegara hududlaridagi ovoz kuçaytirgiçlarni olib taşlamasa, töliq miqyosda harbiy harakatlarni amalga oşiriş bilan tahdid qildi. Bu haqda “Renxap” xabar berdi.

“Şimol tomoni agarda Janub Pxenyanga qarşi taşviqotlar translyatsiyasini töxtatmasa va 48 soat içida barça ovoz kuçaytiriş vositalarini olib taşlamasa, uruş harakatlarini boşlaşni ma'lum qiladi”, – deya qayd etib ötdi KXDR Milliy mudofaa vazirligi.

Bundan avvalroq Janubiy Koreya sönggi 11 yil içida ilk bora Pxenyan siyosatiga qarşi yönaltirilgan xabarlarni ovoz kuçaytirgiçlar orqali e'lon qilişni yölga qöygandi.

Bunga javoban Şimoliy Koreya öt oçişni ma'qul kördi.