Janubiy Koreyada istiqomat qiluvçi 23 yoşli yigit yarim orolda vaziyatning keskinlaşuvi munosabati bilan harbiy safarbarlik e'lon qilinişi haqida hazil xabarlar yuborganlikda gumon qilinib qölga olindi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar bermoqda.
Aytilişiça, Kim familiyali şaxs 4 nafar sobiq safdoşlariga SMS-xabar yuborib, KXDR uruş boşlaganini aytgan. Söng milliy mudofaa vazirligi nomidan 21-33 yoşli zaxira askarlari uruş e'lon qilingan taqdirda darhol çaqiruv punktlariga yetib kelişi zarurligini yozgan. Kim döstlari bilan hazillaşmoqçi bölgan.
Seul rasmiylari şimoliy qöşni artilleriyadan birinçi bölib öt oçganligini aytmoqda. Bunga javoban Koreya Respublikasi bir neça ön raketa uçirgan. Har ikki davlatda qöşinlar tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
20 avgust kuni Şimoliy Koreya xalq armiyasi boş ştabi Janubiy Koreyaga ultimatum qöyib, psixologik kuraş vositalari 48 soat içida olib taşlanişini talab qilgan edi. Ultimatum muddati 22 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00da tugaydi.






