Koreys xalq armiyasi KXDR yetakçisi Kim Çen Indan qurolli kuçlarni taktik bosqinçilik uçun töliq jangovar tayyorgarlik köriş haqidagi buyruqni qabul qilib oldi, deya xabar bermoqda “Yonxap”.
Bundan avvalroq esa KXDR Janubiy Koreyaga agarda qurolsizlantirilgan hududda taşviqot kampaniyasini töxtatmasa, harbiy harakatlarni boşlaşi haqida ultimatum jönatgan edi.
“Şimol agarda janub Pxeyanga qarşi psixologik eşittirişlar uzatişni töxtatmasa va barça zarur uskunalarni payşanba (20 avgust) 17:00dan boşlab 48 soat içida olib taşlamasa, harbiy harakatlarni boşlaş bilan tahdid solmoqda”, – deyiladi Janubiy Koreya vazirligi xabarida.
Janub OAVlarining xabar qilişiça, ultimatum KXDR Janubiy Koreya hududini öqqa tutganidan bir soat ötib e'lon qilingan.
Eslatib ötamiz, 10 avgust kuni Janubiy Koreya 11 yil içida ilk bor qurolsizlantirilgan hududda taşviqot olib boriluvçi ovoz kuçaytirgiçlar işini qayta boşlagan edi.
Bunday qarorga esa qurolsizlantirilgan hududda ikki janub askari minaga duç kelib, jarohat olganidan söng kelingan edi. Seul Pxenyanni qurolsizlantirilgan hududni minalaştirganlikda aybladi, öz navbatida KXDR uşbu ayblovlarni rad etdi.






