2015 yil 13 avgustda Özbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligida vazir A.Abduhakimov va Janubiy Koreyaning sobiq moliya vaziri Pak Jye Yun boşçiligidagi Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari professorlari delegatsiyasi örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Vazir mehmonlarga ta'lim muassasalari bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş böyiça Özbekistonda olib borilayotgan işlar haqida atrofliça aytib ötdi. Vazir har yili Özbekistonda 500 mingga yaqin öquvçi kasb-hunar kollejini bitirib, mehnat bozoriga kirişini ta'kidlab ötdi. Hukumat tomonidan ularni iş bilan ta'minlaşning aniq çoralari körilmoqda – korxonalar kollejlarga biriktirilib, har bir bitiruvçi bilan işlab çiqariş amaliyotini ötaş va kelgusida ularni işga oliş böyiça uç tomonlama kelişuvlar tuzilmoqda, kollej bitiruvçilari uçun böş iş örinlari yarmarkalari taşkil etilmoqda.
Bitiruvçilarning iş bilan band qilişning yana bir samarali uslubi ularga mikrokreditlar ajratiş yöli bilan ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş bölmoqda.
2015 yilning ikkinçi yarmida Farğona, Sirdaryo, Toşkent, Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlarida, Toşkent şahri va Qoraqalpoğistonda kollej bitiruvçilarini ularning öz bizneslarini oçişda qöllab-quvvatlaş yöli orqali tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş böyiça öz samaradorligini namoyon qilgan katta işlar ötkazildi.








