Rossiyaning Şeremetevo aeroportiga Tokio — Parij reysi böyiça qatnayotgan samolyot bortidagi Fransiya fuqarosi özini yomon his qilgani sababli favqulodda qöndirildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Qayd etilişiça, Air France kompaniyasiga tegişli Boeing 777 samolyoti komandiri yölovçi ayol özini yomon his eta boşlaganidan söng Şeremetevo aeroportiga qöniş uçun ruxsat sörab murojaat qilgan.

“Tokiodan Parijga parvoz çoğida 33 yoşli fransuz ayol özini yomon his eta boşladi. Ekipaj reysni bekor qilib, Şeremetevo aeroportiga majburiy qönişni amalga oşirdi. Biroq yölovçi ayol hayotini qutqarişning imkoni bölmadi, u vafot etdi”, — dedi axborot manbasi. Ma'lum bölişiça, şifokorlar samolyot bortiga kötarilganda ayol vafot etib ulgurgandi.

Ayol Moskvada qolişga qaror qilgan öz ota-onasi bilan parvoz qilayotgan bölgan.