Yangi Zelandiyaning Motutapu orolida quşlarni otiş taqiqlab qöyildi. Bunga ovçilar tomonidan xatolik tufayli yöqolib ketiş xavfi ostida turgan bir neça noyob quşlarning otib qöyilgani sabab bölgan.

Bungaça mahalliy ovçilar faqatgina Oklend atrofida pukeko yoki sulton tustovuqlari turiga mansub quşlarni otişi mumkin edi.

Ma'lum qilinişiça, ovçilar bu qoidaga rioya qilmagan holda takaxe turiga mansub, ranglari pukekonikiga öxşaş lekin undan 2 barobar yirik bölgan quşlarni ovlaşgan.

Ayni vaqtda butun dunyo böylab 300 donaga yaqin takaxe quşlari saqlanib qolgan.

Yangi Zelandiya hukumati bu voqeadan qayğuda ekanini ma'lum qilgan va ovçilardan öta ehtiyot bölişni söragan.