AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar partiyasidan nomzod hisoblanadigan milliarder va tadbirkor Donald Tramp saylovlarning boşlanişini ortiq kuta olmasligini aytib ötdi.

Associated Press naşrida yozilişiça, Tramp saylovlar ertagayoq ötkazilişini istaydi.

U bu haqida Alabama ştatida saylovçilar bilan uçraşuv ötkazgan mahalida aytgan.

"Men saylov ertagayoq ötişini istayman. Kutişga toqatim yöq", deydi u.

Biroz oldinroq, Tramp CNN telekanali orqali 16 sentabr kuni ötkaziladigan debatdagi iştiroki uçun telekanal 10 mln dollar miqdoridagi pulni xayriya qilişi kerakligini aytgandi. Uning fikriça, Trampning telekanal orqali çiqişi CNN auditoriyasini kengaytiradi.