AQŞning Özbekistondagi elçixonasida nogironlar huquqlari va AQŞda nogirolar haqidagi qonunning qabul qilinganining 25 yilliga bağişlangan tadbir bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Turkiston-press” MAA. 

Tadbirda Özbekiston nogironlar jamiyati a'zolari, bir qator davlat tuzilmalari mutaxassislari, xalqaro va notijorat  taşkilotlari, diplomatik korpus vakillari iştirok etdilar.

“Biz bu yerda Özbekistondagi, AQŞdagi va butun dunyodagi umid, tenglik va imkoniyatlarni nişonlaşga yiğildik. Biz amerikalik nogironlar haqidagi AQŞ qonuni – imkoniyati çeklangan odamlarga teng huquqlarni kafolatlovçi dunyodagi birinçi qonunning 25 yilligini nişonlamoqdamiz”, deb aytdi AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen.

Nogironlar haqidagi AQŞ qonuni 1990 yilda qabul qilingan bölib, AQŞda imkoniyati çeklangan odamlarga kundalik turmuşda boşqa fuqarolar foydalanadigan huquqlarni kafolatlaydi. Qonun alohida ehtiyojga muhtoj odamlarning huquqlarini va imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ular oldida turgan tösiqlarni bartaraf etişda katta muvaffaqiyatga sazovor böldi.

“Uşbu qonuning qabul qilinguniga qadar nogiron odamlar tahqirlaşga uçraganlar. Hozirda AQŞda barça trotauarlar nogironlar harakatlanişi uçun oçiq, iş beruvçilar nogironlik aravaçasi balandligidagi stollarni örnatadilar va közi ojizlar foydalana olişlari mumkin bölgan kompyuterlar taqdim qiladilar. Avtobuslar nogironlar aravaçasi salonga bemalol kira olişi uçun kötargiçlarni tuşirişi mumkin, avtomobillarda nogiron haydovçilar öz maşinalarini boşqara olişlari uçun maxsus moslamalar örnatilgan”, deb ta'kidlab ötdi Pamela Spratlen.  

AQŞ elçisi bu borada erişilayotgan işlarda davlat tuzilmalari sa'y-harakatlari bilan bir qatorda alohida köngillilarning ham hissasi borligini ta'kidlab ötdi.

Imkoniyati çeklangan odamlarning huquqlari uçun kuraşuvçilarning eng katta yutuqlaridan biri bu masalaning jahon miqyosiga çiqqani aytiş mumkin. BMTning nogironlar huquqlari haqidagi Konventsiyasi 157 ta davlat tomonidan qabul qilingan.

Pamela Spratlen Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustda qabul qilgan “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qiliş va qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorini mamnuniyat bilan qarşiladi.

“Men Özbekistonda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi tomonidan bu yönalişda muntazam iş olib borilayotganidan, mamlakatda nogironlikka ega odamlarning huquqlari va ehtiyojlarini himoya qilişga katta e'tibor berilayotganidan juda xursandman”, deb aytdi Spratlen xonim.