FIFA prezidenti Yozef Blatterga Şveytsariyaning Ulrixen qişloğida har yili ötkaziladigan futbol musobaqasi öz nihoyasiga yetgandan keyin Kolombo laqabli sigir sovğa qilindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.   

Futbol musobaqasi 18 marotaba bölib ötdi.

Bu qişloqda Blatterning ota-bobolari yaşab ötgan. Blatter sigirni ola turib, “kiçik Kolombo”larni köriş uçun sigirni özida saqlab qolişini aytib hazillaşdi.

Bu yilga musobaqaga Blatter UYeFA prezidenti Mişel Platinini ham taklif etgan edi, biroq u taklifni rad etdi.