Ukraina amerikalik boksçi Roy Jonsni özining "Mirotvorets" nomli röyxatiga kiritdi. Bu haqda Ukraina IIV rahbari maslahatçisi Anton Geraşçenko ma'lum qilgan.
Aniqlik kiritilişiça, boksçi Qrimga qilgan taşrifi tufayli şunday qora röyxatdan joy olgan.
Eslatib ötamiz, 20 avgust kuni Roy Jons Rossiya fuqaroligini oliş uçun ariza topşirdi. Bu jarayon Yaltadagi matbuot anjumani davomida ötkazilgan.
Undan oldinroq, boksçi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan va Rossiyada işlaşiga imkon uçun rus pasportini berişini sörab murojaat qilgandi.
"Mirotvorets" röyxatiga Roy Jons Ukraina çegarasini ruxsatsiz buzib ötgani uçun kiritildi", deb yozdi Geraşçenko öz feysbukida.






