Moskvaning TsSKA jamoasi 22 avgust kuni Rossiya çempionatining 6-turida "Rostov" jamoasiga qarşi maydonga tuşdi va irodali ğalabaga erişdi.

"Armiyaçilar" "Rostov"ning eronlik hujumçisi Serdar Azmunning 10 daqiqada kiritgan töpiga 66 va 88 daqiqalarda Ahmad Musa va Alan Zagoyev tomonidan urilgan gollar bilan javob berişdi va ketma-ket oltinçi turda ham ğalaba qozonişdi.

Jamoa 2002 yilda çempionat startidagi 5ta ketma-ket öyinda ğalaba qozoniş orqali özining eng yaxşi körsatkiçini qayd etgandi, endi bu natija bitta öyinga yaxşilandi. Rossiyada bu boradagi eng yaxşi natija "Zenit"ga tegişli. "Piterliklar" ötgan mavsum startida ketma-ket 8 öyinda ğalaba qilişgandi.

Keça Rossiya çempionatida "Amkar" - "Spartak" (1:3) va "Anji" - "Ural" (1:1) öyinlari ham ötkazildi.

Ayni vaqtda Rossiya çempionatida TsSKA 18 oçko bilan peşqadamlak qilmoqda. Ikkinçi örinda oxirgi turda "Amkar"ni safarda 3J1 hisobida yengiş orqali oçkolarini 13taga yetkazgan "Spartak" joylaşgan. Uçinçida esa moskvaliklardan bitta kam öyin ötkazgan "Zenit" ketmoqda. Bu jamoa 6 turni ertaga, "Rubin" maydonida ötkazadi.

Kuçli törtlikni Moskvaning yana bir jamoasi "Lokomotiv" yakunlagan. Bu jamoa 5 turda 11 oçko yiqqan va 6-turni bugun "Ufa"ga qarşi safarda ötkazadi. 5 örinda "Rostov" (6 öyindan keyin 9 oçko), 6 örinda "Dinamo" (6 öyindan keyin 9 oçko), 7 örinda esa "Krasnodar" (5 öyinda 8 oçko) bormoqda.

"Dinamo" 6 turni safarda "Terek"ka qarşi ötkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo çekkan. Krasnodarliklar bugun öz maydonida "Mordoviya"ni qabul qilişadi.
Bu turni "Krylya Sovetov" – "Kuban" bahsi yakunlab beradi.

TsSKA – Rostov 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 10 Azmun, 1:1 – 66 Musa, 2:1 – 88 Dzagoyev.
TsSKA – Akinfeyev, Fernandes, Berezutskiy, Berezutskiy, ŞÇennikov, Natxo, Dzagoyev (Milanov, 90), Toşiç (Vernblum, 63), Yeremenko, Musa, Dumbiya (Golovin, 89).
Rostov : Janayev, Kalaçev, Baştuş, Navas, Novoseltsev, Margasov, Mogilevets, Gatskan, Kanga, Buxarov (Poloz, 70), Azmun (Yu Ben Su, 74).
Ogohlantirişlar: Mogilevets (38), Buxarov (52), Kanga (90), Kalaçev (90).

Amkar – Spartak 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 20 Movsisyan, 0:2 – 66 Promes, 0:3 – 71 Promes, 1:3 – 78 Gol.
Amkar – Gerus, Butko, Zaytsev, Belorukov, Arzumanyan (Çerençikov, 75), Djikiya (Salugin, 64), Peyev (Uzoçukvu, 68), Ogude, Gol, Idovu, Prudnikov.
Spartak – Rebrov, Kombarov (Parşivlyuk, 77), Taşçi, Bokketti, Kombarov, Promes, Gluşakov, Şirokov, Popov, Movsisyan (Romulo, 60), Ze Luiş (Ozbiliz, 73).
Ogohlantirişlar: Şirokov (32), Belorukov (59).

Anji – Ural 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Yeroxin, 1:1 – 68, penalti Leonardo.
Anji – Pesyakov, Yeşçenko, Gadjibekov, Jirov, Tigiyev, Mayevskiy, Mutari (Xadartsev, 66), Maksimov (Mkrtçyan, 46), Ebesilio (Almeyda, 46), Leonardo, Boli.
Ural – Jyevnov, Kulakov, Martynoviç, Fontanello, Xozin, Yemelyanov, Manuçaryan (Strannberg, 72), Yeroxin, Asevedo (Fidler, 85), Podberezkin (Sapeta, 63), Burmistrov.
Ogohlantirişlar: Podberezkin (9), Yemelyanov (63).
Çetlatiş: Sapeta (67).

Terek – Dinamo Moskva 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 41 Kokorin, 1:1 – 69 Maurisio.
Terek – Godzyur, Utsiyev, Semenov, Rodolfo (Ax'yadov, 81), Kudryaşov, Maurisio, Adilson, Mirzov (Lebedenko, 46), Ivanov, Ayssati, Sadayev (Mbeng, 46).
Dinamo Moskva – Gabulov, Kozlov, Dyakov, Guboçan, Morozov, Zobnin, Denisov, Jirkov (Duglas, 70), Ionov, Kokorin, Taşayev (Katriç, 84).
Ogohlantirişlar: Adilson (68), Maurisio (85), Utsiyev (90).
Çetlatiş: Kokorin (48).