Janubiy Koreya va Şimoliy Koreya örtasida vujudga kelgan mojaroni hal qiliş böyiça muzokaralar 10 soatdan köproq davom etgandan töxtatildi va 23 avgust kuni davom ettiriladigan böldi, deb xabar bermoqda «Renxap» axborot agentligi. Muzokaralar davomida qandaydir kelişuvga erişilgani haqida heç qanday ma'lumot mavjud emas.

Qayd etilişiça, muzokaralar mahalliy vaqt bilan 15:00da (Toşkent vaqti bilan 11:00da) qayta boşlanadi.

Muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Kim Gvan Çjin va birlaşiş işlari böyiça vazir Xon Yen Pe, Şimoliy Koreya tomondan esa Janubiy Koreya işlari böyiça yuqori lavozimli amaldor Kim Yan Gon va Koreya xalq armiyasi siyosiy boşqaruvi direktori Xvan Ben So iştirok etadilar. 

Pxenyanning talabi avvalboşdan ikki davlat çegarasida Janubiy Koreya tomonidan örnatilgan ovoz karnaylarini olib taşlaş va Şimoliy Koreyaga qarşi qaratilgan taşviqotni töxtatişdan iborat edi. Janubiy Koreya bu talablarni bajarişdan boş tortdi va taşviqotni davom ettirişini aytdi.