Xitoyning Şandun provinsiyasidagi kimyoviy zavodda yuz bergan portlaş natijasida 1 kişi halok bölgani ma'lum qilindi. Bu haqda I Cross China xabar qilgan.
Eslatib ötamiz, 22 avgust kuni keçasi Şandundagi Tszibo şahri yaqinidagi kimyoviy zavod avval yona boşlagan, söng portlaş sodir bölgandi.
Dastlabki ma'lumotlarda 9 kişi jarohatlangani aytilgandi.
Ma'lum qilinişiça, zavodda olov bilan ta'sirlaşganda zaharli gazlar çiqaradigan şaffof suyuqlik – adiponitril işlab çiqarilgan.
Voqea joyida kimyoviy falokatlar oqibatlari bilan işlaşga örgatilgan 7 ta öt öçiruvçilar brigadasi iş olib bormoqda.
Bu portlaş Tyantszin şahrida yuz bergan vayronakor portlaşdan keyin 10 kun ötib sodir böldi. Öşa portlaş natijasida 121 kişi halok bölgan, 54 kişi bedarak yöqolgandi.






