Xitoy hukumatining ma'lum qilişiça, mamlakatning Şandun viloyatidagi kimyo zavodida yuz bergan portlaş oqibatida 9 kişi jarohatlangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Politsiyaning ma'lum qilişiça, dastlabki ma'lumotlarga köra, qurbonlar yöq. Barça jarohatlanganlar şifoxonaga yetkazilganlar.
Ma'lum qilinişiça, zavodda olov bilan ta'sirlaşganda zaharli gazlar çiqaradigan şaffof suyuqlik – adiponitril işlab çiqarilgan.
Voqea joyida kimyoviy falokatlar oqibatlari bilan işlaşga örgatilgan 7 ta öt öçiruvçilar brigadasi iş olib bormoqda.
Avvalroq Şandun viloyatida kimyo zavodida kuçli portlaş sodir bölgani va söngra yonğin çiqqani ma'lum qilingan edi.






