Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ikkinçi jahon uruşi xalqaro muammolarni birgalikda hal qiliş zarurligini uqdiruvçi saboq ekanligini aytdi. Bu haqda Lavrov özining “Rossiyskaya gazeta” naşri uçun maqolasida aytib ötdi.

“Ittifoqçilik kayfiyati va umuman Ikkinçi jahon uruşi saboqlari dunyo hamjamiyati oldida turgan katta miqyosdagi xavflarga samarali javob berişni qidiriş yölida jamoaviy işning muqobili yöqligini tasdiqlaydi, yangi mojarolarning oldini oliş uçun mohiyatan yagona yöl hisoblangan, özaro hurmatga asoslangan teng huquqli hamkorlikning qadriyatlaridan darak beradi”, deb aytdi Lavrov.

Lavrov Rossiya-Xitoy munosabatlari aynan şunday munosabatlarga tayanişini aytib, “uning hozirgi körinişi tarix davomidagi eng yaxşisi ekanligi va bosqiçma-bosqiç rivojlanib borayotganini” qöşimça qilib ötdi.