Nepalning ğarbida avj olgan namoyişlar çoğida 8 politsiyaçi halok böldi. Bu haqda Hindustan Times naşri xabar bermoqda.
Namoyişçilar yangi konstitutsiya loyihasiga qarşi çiqmoqda. Ular orasida qança odam halok bölgani xabar qilinmayapti.
Tartibsizliklar tufayli Kaylali viloyatida favqulodda holat joriy qilingan. Şunga qaramay, Tikapur şahrida toşlar, piçoqlar va tayoqlar bilan qurollangan bir neça ming namoyişçi politsiya kuçlariga hujum qilgan.
Nepal ğarbida istiqomat qiluvçi txaru etnosi faollari Kaylalida alohida federativ ştat tuzişni yoqlab çiqmoqda. Mamlakatning yangi konstitutsiyasida işlayotgan ta'sis kengaşi namoyişçilarning talablarini qisman bajardi. Ammo ular konstitutsiya loyihasida ştatlar orasida belgilangan çegaralardan hanuzgaça norozi.






