14-18 sentabr kunlari ICTWEEK Uzbekistan 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar haftaligi bölib ötadi. Haftalik matbuot xizmatining xabar qilişiça, u ilk marta ötadigan bir qança maxsus tadbirlarni öz içiga oladi.

ICTEXPO 2015 körgazmasi misli körilmagan miqyosda bölib ötişi aytilmoqda — unda 150ta kompaniya 2000 kv. metrlik maydonda tovar va xizmatlarini namoyiş qiladi. Körgazma Toşkent (15-17 sentabr) va Samarqand (15-15 sentabr) şaharlarida taşkil etiladi. Unga 30 ming kişi kelişi kutilmoqda.

Ilk marta ötkazilayotgan ICTFORUM 2015 forumi (16-17 sentabr) AKTning rivojlaniş tendensiyalarini muhokama qiliş uçun ekspertlarning öziga xos bahs maydoni bölişi başorat qilinmoqda. U turli bloklarga bölingan konferensiyalar (eGovernment Uzbekistan, BestSoft Uzbekistan, Startup Conference, «AKT va turizm»), seksiya majlislari («Telekommunikatsiya i infratuzilma», «Internet va axborot resurslari», «Axborot xavfsizligi»), mahorat saboqlari va guruh muhokamalari şaklida ötadi.

18 sentabrda bölib ötadigan ICTSUMMIT 2015 an'anaviy AKT sammiti sohaning yil davomidagi rivojlanişiga yakun yasaydi hamda kelajakdagi strategik vazifalarni belgilaydi. Sammitda davlat idoralari, IT-korxonalar va taşkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va jahon kompaniyalari vakillari iştirok etadi.

15-17 sentabrda ICTEXPO 2015 doirasida Gadget Fair gadjyetlar yarmarkasi ötkaziladi. Unga keluvçilar eng yangi qurilmalarni xarid qilişi mumkin.
ICTWEEK Uzbekistan 2015 haftaligida qatnaşiş uçun www.ictweek.uz saytida röyxatdan ötiş zarur.

AKT haftaligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagi bilan ötkazilmoqda. Tadbir taşkilotçilari — Özbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va taşkilotlari uyuşmasi va ICTNEWS naşri hisoblanadi.