2015 yilda Toşkentdagi 7 ta'lim dargohida rekonstruksiya, 397 umumta'lim maktabi, internat va maktabgaça ta'lim muassasasini joriy ta'mirlaş, 24 ta'lim muassasasida kapital ta'mirlaş işlari amalga oşirildi.

"Hozirgi kunga qadar 273 ta'lim muassasasida içki va taşqi isitiş tizimlari ta'mirlandi", – deydi Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi şö'ba mudiri Ergaş Magdiyev.

Qayd etilişiça, ayni vaqtda muassasalardagi 32 qozonni joriy, 72 ming 435 metr kvadrat bino tom qismlarini kapital va joriy ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.

Ta'lim dargohlarida issiqlik me'yorida bölişini ta'minlaş maqsadida 3 ming 834 metr kvadrat yaroqsiz holga kelib qolgan deraza oynalari almaştirildi. 21 ta'lim dargohida elektr tizimi bilan boğliq kamçiliklar aniqlanib, bartaraf etildi. 1 ming 258 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoği izolyatsiyalandi.

Ötgan qiş mavsumida kuzatilgan kamçiliklar inobatga olingan holda, ta'lim dargohlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayoni sinçiklab örganilmoqda. Soha xodimlariga barça turdagi tizimlardan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş böyiça zarur körsatmalar berilmoqda.