AQŞ davlat kotibining yordamçisi Tomas Kantrimen 27-28 avgust kunlari Qozoğistonda bölib, MAGATE bilan hamkorlikda yaratilayotgan kam boyitilgan uran bankining oçiliş marosimida iştirok etadi. Bu haqda AQŞ davlat departamentining xabarnomasi orqali ma'lum böldi.

Bundan taşqari, Kantrimen Qozoğiston taşqi işlar vaziri Yerlan Idrisov va energetika vaziri Vladimir Şkolnik bilan uçraşib, yadroviy qurol tarqatmaslik masalalarini muhokama qiladi. Şuningdek, u Qozoğiston xalqaro ilmiy-texnik markazida böladi.
Qozoğistonga yöl olişdan oldin Kantrimen 24-25 avgust kunlari Meksikaga safar uyuştirişi, 31 avgustdan 1 sentabrga qadar esa Sloveniyada böladi.