Joriy yilning oktabridan Qozoğiston poytaxti Ostonadan Dubayga aviareys taşkil etiladi. Parvozlar Dubayning Flydubai kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Reys 26 okyatbrdan haftasiga 4 marta amalga oşiriladi. Flydubai kompaniyasi Qozoğistonga bu yönaliş böyiça parvoz amalga oşiruvçi Dubayning ilk aviataşuvçisi böladi”, deyilmoqda xabarda.

Ostonadan havoga kötariladigan FZ706 reysi haftaning seşanba, payşanba, şanba va yakşanba kunlari, Dubaydan Ostonaga parvoz qiladigan FZ705 reysi duşanba, çorşanba, juma va şanba kunlari amalga oşiriladi.

Ostonadan Dubayga reyslardagi biznes-sinf uçun orqaga aytiş bilan (u yerga-ortga) bilet 345 000 tengedan boşlanadi. Bu qiymatga röyxatdan ötuvçi 40 kg yuk ham kiradi. Ekonom-sinf narxi 81 300 tengedan boşlanib, öz içiga soliq yiğimlari va 20 kg yukni oladi.

Flydubai aviakompaniyasining aviaparkiga örtaça yoşi 3 yildan oşmagan 49 ta yangi Boeing 737-800 Next Generation samolyotlari kiradi. Aviakompaniya Dubaydan özining 90 ta yönalişi böyiça 46 ta davlatga parvoz amalga oşiradi va Dubay xalqaro aeroportining 250 dan ortiq charter yönalişlariga xizmat körsatadi.