2015-2019 yillar uçun tarkibiy islohotlar, modernizatsiya qiliş va işlab çiqarişni diversifikatsiyalaş çora-tadbirlari dasturiga köra, Özbekistonda polivinilxlorid işlab çiqarilişi yölga qöyilib, 2018 yilda 40,8 ming tonna şunday mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. 2019 yilda esa bu körsatkiç 90 ming tonnagaça oşirilişi közda tutilgan.

Ma'lum qilinişiça, "Navoiyazot" AJ va Xitoyning «CAMCE Engineering» kompaniyasi hamkorligidagi qöşma majmua polivinilxlorid, metanol va kaustik soda işlab çiqarişni yölga qöyadi.

Tegişli şartnomaga köra, yiliga 100 ming tonnagaça polivinilxlorid işlab çiqarişga erişilmoqçi. Şunindek, uşbu majmua har yili 71,8 ming tonna kaustik soda va 295,4 ming tonna metanol işlab çiqaradi.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, uşbu loyihaning amalga oşirilişi uçun jami 501,1 mln dollar miqdoridagi mablağ yönaltiriladi. Şundan korxonalar uluşi 11,2 mln dollar, Özbekiston qayta quriş va taraqqiyoy jamğarmasi uluşi 66 mln dollar, tijoriy banklar uluşi esa 50,2 mln dollarni taşkil etadi. Şuningdek, xorijiy sarmoyadorlar tomonidan 373,8 mln dollar ajratiladi.