Rossiya fuqarolarining muhojirlarga nisbatan bağrikengligi rekord darajaga yetdi. Avgust oyida ötkazilgan sörovnomalarda 41 foiz respondentlar mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar qonuniylaştirilişi lozim, deb hisoblaydi.

Şu bilan birga, sörovnomada qatnaşgan rossiyaliklar muhojirlarning iş topişi va ularning Rossiya şaroitiga moslaşuviga yordam beriş lozim, degan fikrda.
Tahlilçilarning tasdiqlaşiça, bağrikenglik darajasi misli körilmagan darajada oşgan — ötgan 2014 yilda 19 foizdan kamroq respondentlar muhojirlarni qöllab-quvvatlagan bölsa, 2006 yildan bu körsatkiç 15-35 foiz atrofida bölgan.

Ayni paytda, 40 foizdan ziyod respondentlar sotsiologlar savoliga javob berar ekan, noqonuniy muhojirlarni mamlakat hududidan çiqarib yuboriş kerakligini aytişgan.
Mutaxassislar muhojirlarga nisbatan munosabat yaxşilanişi bilan bir qatorda, millatlararo va dinlararo keskinlikning kuçayganini ham qayd etişgan.

Sönggi yillarda odatiy ksenofobiya (“özga”lardan qörqiş yoki ulardan nafratlaniş) obektlari (asosan örta osiyoliklar) örni Şarqiy Ukrainadagi hodisalar ta'sirida yangi toifalar — “faşistlar” va “Amerika tahdidi” bilan almaşayotgani kuzatilmoqda.