Vazirlar Mahkamasining 17 avgustdagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari qabul komissiyasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga köra, ta'lim muassasalari kvotalarini qabul böyiça davlat komissiyasi belgilab beradi.
Nizom prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi, bank-moliya akademiyasi, Özbekistondagi xorijiy va xalqaro oliygohlar filiallariga daxldor emas.
Komissiyaning tarkibi prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat komissiyasining asosiy vazifalari sirasiga kelayotgan öquv yiliga kvotalarni belgilab beriş, abituriyentlarni öqişga qabul qiliş jarayonining oçiqligi va xolisligini ta'minlaş, oliygohlarga kiriş uçun qöyiladigan talablar va kriteriylarni belgilab beriş, test sinovlarini taşkil qiliş jarayonini muvofiqlaştirib boriş, oliygohlarga xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalari ğoliblarining kirişini ta'minlaş va boşqalardan iborat.






