Özbekistonning huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlari 2014 yilda odam savdosi qurboni bölgan 1 208 kişini aniqlaşdi. 2013 yilda bu körsatkiç 1 392 kişiga teng bölgan edi.
Aytilişiça, bu odamlarning 143 nafari mamlakat içida majburiy mehnatga noqonuniy ravişda jalb qilingan edi. Qolganlari esa çet elga olib çiqib ketilib, u yerda noqonuniy ravişda işlatilgan.
NNT va xalqaro taşkilotlar qurbonlarning 847 nafariga yordam berişdi, 2013 yili bu körsatkiç 451 kişiga teng edi.
Hukumat moliyalaştirayotgan reabilitatsion markazda hisobot davrida 396 kişiga yordam körsatgan. Markaz 30 örinli boşpana taqdim etiş bilan bir qatorda, zaruriy tibbiy, psixologik va yuridik yordam körsatgan. 898 kişi tibbiy körikdan ötkazilib, davolanişga yuborildi.
Özbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 368 qurbonning öz yurtiga qaytişiga kömak berdi.






