Avstriya şarqida qoldirib ketilgan yuk maşinasida muhojirlarning jasadlari borligi aniqlandi. Bu haqda mahalliy Krone naşri xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, maşina yukxonasida 50 nafarga yaqin muhojirning jasadi bölib, ular böğilişdan halok bölgan.
Boşqa tafsilotlar aniqlaştirilmoqda.

Qayd etiş joizki, ayni vaqtda Yevropadagi noqonuniy muhojirlar soni Ikkinçi jahon uruşi davridagi körsatkiçlardan ham oşib ketdi. Şu yilning iyulida ularning soni 107,5 ming nafardan oşgan. Bu 2014 yilning şu davriga nisbatan 3 barobar köproq demakdir.

Germaniya Gretsiya va Italiya kabi Yevropaning janubiy mamlakatlarida muhojirlarni röyxatdan ötkaziş markazlarini taşkil qilişni taklif qilmoqda.

Çexiya tomoni esa mavjud vaziyat tufayli zudlik bilan şengen hududini yopiş kerakligini aytmoqda.