Fransiyada «Mistral»lar uçun Rossiyaga tölanişi lozim bölgan tovon puli 1 mlrd yevro ekani haqidagi xabar inkor qilindi. Bu haqda RIA Novosti fransuz hukumati rasmiy vakilining sözlariga asoslanib xabar berdi.

“Men aytişim mumkinki, Fransiya tölagan tovon puli 1 mlrd dollardan kam. Uning aniq miqdori parlament a'zolariga ma'lum qilinadi”, – dedi Fransiya hukumati rasmiy vakili Stefan Le Fol.

Eslatib ötamiz, bugun 26 avgust kuni Fransiya Rossiyaga vertolyot taşuvçi «Mistral» kemalarini yetkazib beriş haqidagi şartnomani bajarmagani uçun tölanişi lozim bölgan 1 mlrd yevrodan ziyodroq tovon pulini tölab bergani haqida “Interfaks” axborot agentligi diplomatik doiralardagi axborot manbasiga tayanib xabar tarqatgan edi.