«IŞID» terrorçilik guruhi Suriyaning Turkiyaga çegaradoş hududlarini qayta egallab oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Isnon huquqlari böyiça Suriya observatoriyasi (Syrian Observatory for Human Rights, SOHR) bergan ma'lumotlarga köra, jangarilar beşta qişloqni (şularning ikkitasi Turkiya va Suriya örtasidagi çegara çiziği tortişuvli hududlarda) egallab olişgan.

"IŞID" vakillarining özi esa uçta qişloq va çegaradan 20 km. uzoqlikdagi Mari şaharçasini egallab olişgani haqida xabar tarqatişgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq AQŞ va Turkiya Suriya hududidagi "IŞID" jangarilariga qarşi kuraşiş uçun hamkorlikda harbiy havo kuçlarini işga soliş böyiça kelişib olişgandi.