27 avgustdan Özbekistonda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi qonun kuçga kirdi.
Eslatib ötamiz, 7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining uçinçi yalpi majlisida “Soğlom bola yili” davlat dasturini röyobga çiqariş doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlamentning quyi palatasiga kiritilgan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi qonun tasdiqlangan edi.
15 iyul kuni quyi palata tomonidan qabul qilingan uşbu qonun 26 avgustda davlat rahbari tomonidan imzolandi hamda 27 avgustda markaziy matbuotda e'lon qilinişi bilan kuçga kirgan hisoblandi.
Ta'kidlanganişiça, “Davlat sanitariya nazorati töğrisida”gi qonunning örniga qabul qilinayotgan uşbu hujjat zamonaviy talablarni inobatga olgan holda mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaşning huquqiy asoslarini takomillaştirişga, kasalliklarning oldini olişning samarali tizimini yanada rivojlantirişga, aholi salomatligini saqlaş va mustahkamlaşga,
sanitariya normalari va qoidalarini bajarişga, inşootlar, binolar, taşkilotlar, boşqa obektlarni saqlaş yuzasidan sanitariya-epidemiologik talablarni belgilaşga hamda fuqarolik jamiyati institutlarining bu jarayonlardagi iştirokini kuçaytirişga qaratilgan.






