Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2014 yilda Özbekistonga 2 mln xorijiy sayyoh taşrif buyurdi. 2005 yilda bu körsatkiç 240 ming kişiga teng edi. Şu tariqa, bu davr içidagi ösiş 8 barobarni taşkil qiladi.
Ta'kidlanişiça, mamlakatda 20 yildan buyon turistik oqimni köpaytiriş borasida iş olib borilmoqda. Tarixiy me'moriy yodgorliklar restavratsiyasi, yangi diqqatga sazovor obektlarni yaratiş bilan bir qatorda zaruriy turistik infrastruktura yaratilmoqda.
2004 yilda esa BMTning butunjahon turistik taşkiloti Samarqandda vakolatxona oçdi. Uşbu vakolatxona Ipak yöli hududida turizmni rivojlantiriş bilan şuğullanmoqda.
Turistik kompaniyalardan birining rahbari Feruza Dilmurodova Özbekistonning turistik salohiyatiga öz munosabatini bildirdi.
“Özbekiston turli davr va madaniyatlarga oid yodgorliklarga töla. Ularning soni 7 mingdan oşadi. Infrastrukturani jahon miqyosida rivojlantiriş zarur”, - ta'kidladi u.






