Polşaning Valbjixa şahri hukumati şahar atrofidagi hududdan Ikkinçi jahon uruşi davriga oid poyezd topilgani, bu poyezdda Uçinçi reyx harbiylariga tegişli bölgan oltinlar borligi haqida ma'lum qildi.

The Independent naşrida yozilişiça, şahar hokimiyatiga advokatlardan biri murojaat qilib, öz mijozlari bu poyezdni aniqlaşgani haqida aytgan.

"Rasman tasdiqlayman, şahrimiz hududidan şunday poyezd topildi", deydi şahar meri örinbosari Zigmunt Novaçek.
Qayd etilişiça, bu poyezd Ikkinçi jahon uruşi oxirida Vrotslav şahridan Valbjixa şahriga yöl olgaç, yöqolib qolgan.

Bu haqda ma'lum qilgan advokatning aytişiça, poyezd joylaşgan örinni aniqlagan mijozlariga poyezddagi boyliklardan 10 foizi uluş sifatida berilişi kerak.

Ma'lum bölişiça, Valbjixa şahri atrofida nemis faşistlari tomonidan qurilgan yerosti tunneli mavjud bölib, xalq orasida ham yöqolib qolgan poyezd haqida afsonalar yurgan.

Ikkinçi jahon uruşi davrida Germaniya Polşani bosib olgaç, bu mamlakatdan va xalqdan jami 550 mln dollar miqdoridagi oltinlarni tovon sifatida olib ketgan.

Ikkinçi jahon uruşi yakunlangaç esa, ittifoqçi qöşinlar bu boyliklarning asosiy qismini qaytarişgan, bir qismi esa xalqaro banklar orqali bir qança şaxs tomonidan özlaştirilgan.