«Şarq taronalari» X xalqaro musiqa festivali iştirokçilari Samarqand şahrining ikki darvozasi – aeroport hamda temir yöl vokzali orqali tantanali kutib olindi.
«Oriyent star Köksaroy», «Registon plaza» mehmonxonalariga joylaştirilgan xorijlik san'atkorlar hamda mehmonlar Samarqand yerining saxovati – Galaosiyo nonlari, şirinligu meva-çevalaridan tatib körişdi. Söng mehmonlarning şahardagi tarixiy obidalar, muzeylar böylab sayohati uyuştirildi.

Bangladeş, Kosta-Rika, Komor orollari, Fransiya, Eron, Yaponiya va qirğizistonlik san'atkorlar Registon maydonida çiqiş qilişdi. Dunyoning oltmişdan ziyod mamlakatidan taşrif buyurgan guruhlar şaharning «Suğdiyona», «Yoşlik» madaniyat va istirohat boğlari, Hamid Olimjon nomidagi viloyat drama va musiqa teatri, Samarqand tumanidagi Nodir Devonbegi madrasasi, Oqdaryo va Jomboy tumanlaridagi 7 va 10-son musiqa va san'at maktablarida öz san'atlarini namoyiş etişdi.

Öz navbatida mehmonlar Samarqand viloyatining musiqa va san'at maktablari tarbiyalanuvçilari, folklor jamoalarining rang-barang qöşiqlari, raqslaridan iborat konsert dasturlarini ham tomoşa qilişdi.
Şuningdek, 26 avgust kuni «Registon-plaza» mehmonxonasida navbatdagi matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbirda Samarqand şahar hokimi A.Şukurov, festival hakamlar hay'ati a'zolari – özbekistonlik O.Matyoqubov, yaponiyalik Geniçe Tsugi va boşqalar Özbekiston Prezidenti Islom Karimov taşabbusi bilan taşkil etilgan «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivali bugungi globallaşuv davrida dunyo mamlakatlari örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaş, turli millat va elatlar musiqa san'atini asrab-avaylaş va keng tarğib etişga xizmat qilayotganini ta'kidlaşdi. Şuning uçun ham festival nufuzi ortib, bugungi kunda unda dunyoning barça qit'alaridan san'atkor va musiqaşunos olimlar qatnaşmoqda.

Mehmonlarning har bir kuni mazmunli va taassurotlarga boy ötişi uçun Samarqand şahri va viloyat böylab sayohat, ta'lim muassasalari va madaniy-tarixiy obidalar bilan tanişuv, milliy hunarmandçilik va musiqa asboblari körgazmalari, joylarda aholi bilan ijodiy uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Festival jarayonini yoritişda 200 nafardan ortiq mahalliy va 40 ga yaqin xorijlik jurnalistlar faol iştirok etmoqda.
Matbuot anjumanida, şuningdek, «Şarq xalqlari musiqa madaniyatining muştarakligi» mavzuida ötkaziladigan ilmiy-nazariy konferensiya haqida ham ma'lumot berildi.
Şuningdek, anjuman doirasidagi tadbirlarda xorijdan taşrif buyurgan mehmonlar, san'atkorlar yurtdoşlarimiz bilan muloqotda bölişmoqda. San'atsevar xalqimiz esa ularga mustaqillik yillarida erişgan yutuqlarimiz, har sohada rivojlanayotganimizni, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan islohotlar, osoyişta va farovon hayot keçirayotganimizni ğurur bilan hikoya qilib berişmoqda.

Özbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi tizimidagi barça muzeylarda «Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!» deb nomlangan körgazma bir oy davomida faoliyat körsatadi.






