Sirdaryoda haydovçidan 55 ming söm pora olgan YHXB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Sirdaryo viloyat IIB YHXB yöl nazorati bölimi katta muhandisi Bahrom Hoşimov 50 yoşiga qadar biror marta poraxörlikka qöl urmagani aytilmoqda. Şunga qaramay, 2014 yilning oktabrida u pora oliş ustida qölga olindi.

Sardoba tumani hududidagi Toşkent-Termiz avtomobil yölida Hoşimov Sirdaryo-Jizzax yönalişi böyiça yöl qoidasini buzib harakatlanayotgan avtoulovni töxtatib, haydovçi Burxon Tolipovdan “aybini yopiş” uçun 55 ming söm pul tama qildi. Ammo uning işi voqea joyida foş qilindi.

Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo viloyat sudi tomonidan mansab vakolatini suiiste'mol qilgan Hoşimovga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.