Toşkent şahridagi umumta'lim maktablari, maktabgaça ta'lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari va maxsus maktab-internatlarida kuz-qiş mavsumiga qizğin hozirlik körilmoqda. Muhandislik kommunikatsiya va isitiş tizimlarini ta'mirlaş va yangilaşga katta e'tibor qaratilgan.

Şu vaqtga qadar poytaxtdagi 273ta umumta'lim maktabida içki va taşqi isitiş tizimlari ta'mirlandi. Ayni paytda 32ta isitiş qozoni hamda 72435 metr kvadrat hajmdagi tomni kapital va joriy ta'mirdan çiqariş işlari olib borilmoqda, deya xabar berdi ÖzA.

Şuningdek, ta'lim muassasalarida 3834 metr kvadrat hajmdagi deraza oynalari almaştirilgan. 21ta ta'lim muassasasida esa elektr tizimida aniqlangan kamçiliklar bartaraf etildi.