Ukraina asosiy kreditorlari bilan qarzning 20 foizini öçirişga kelişib oldi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi. Ukraina moliya vazirligi va kreditorlar qömitasining qöşma bayonotida aytilişiça, bu mamlakat qarzlarini 3.6 mlrd dollarga qisqartiriş imkonini beradi.
Bayonotda Kiyev Rossiyani ham, boşqa kreditorlar bilan bir qatorda, qarzni restrukturizatsiya qilişning şu şartlariga könişga çaqirdi.
Ukraina yevroobligatsiyalarni restrukturizatsiya qiliş böyiça muzokaralarni mart oyidan buyon davom ettirib kelmoqda. Mamlakat rahbariyati kreditorlarni, agarda ular qarzning 40 foizidan ötiladigan restrukturizatsiyaga könmasa, taşqi qarzlarni tölaşga moratoriy joriy qilinişi mumkinligidan bir neça bor ogohlantirgan edi.
Iyul oyidagi muzokaralar yakuniga köra kreditorlar qarzning faqat 5 foizidan voz keçişga tayyor ekanliklari ma'lum qilingan edi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko, öz navbatida, bu körsatkiçning kamligini ta'kidlab ötdi. Joriy haftada esa restrukturizatsiya uluşi 20 foizgaça yetib bordi.






