AQŞ moliya vazirligi Ukraina qarzlarining restrukturizatsiyasini qöllab-quvvatladi. Idora rahbari Jyeykob Lyu öz bayonotida buni Ukrainada barqarorlik va iqtisodiy imkoniyatlar yaratişdagi muhim qadam deb baholadi.
Lyu bu işni amalga oşirişda ayniqsa Ukraina boş vaziri va moliya vazirining örni muhim bölganligini ta'kidladi.
Şuningdek, u restrukturizatsiyaga rozi bölgan kreditorlarni darhol uşbu operatsiyani yakunlaş uçun zarur bölgan qadamlarni taşlaşga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, 27 avgust kuni Ukraina va kreditorlar kengaşi qarzlarning 20 foizini öçiriş haqida kelişuvga erişişdi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Rossiyani ham restrukturizatsiyaga qöşilişga çaqirdi. Bunga javoban Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Moskva qarzlarning töliq ötalişini talab qilişini aytdi.






