Amerikadagi jamoatçilik fikrini örganuvçi Gallup instituti dunyodagi davlatlarni xalqlarining hissiyotlarga beriluvçanligiga köra tasnifladi. Bunday reyting taşkilot saytida e'lon qilingan.
Reytingda köriş mumkinki, yuqorida asosan Lotin Amerikasi davlatlari, pastda esa Sobiq Itiifoq hududida taşkil topgan respublikalar joylaşgan.
Gallup instituti mutaxassislari 148 mamlakat aholisi orasida ötkazgan sörovnomalardan aniqlaşiça, bu röyxatda Boliviyadan keyin Salvador, Ekvador, Filippin, Nikaragua, Gvatemala, Kamboja, Kolumbiya, Kosta-Rika va Iroq joylaşgan.
Uşbu reytingdagi sönggi örinni Bangladeş egallagan. Bangladeşliklarning 37 foizigina hissiyotlarga beriluvçanligini bildirişgan. Ozarbayjon va Gruziyada esa bu körsatkiç 38 foizni, Belarusda 39 foiz, Litva, Rossiya hamda Ukrainada esa 40 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, Moldova va Qozoğiston aholisining 41 foizigina hissiyotlarini oçiq ifoda etişi ma'lum bölgan.
Dunyodagi eng jiddiy xalqlar orasida turkmanistonliklar, estonlar, qirğizlar (42 foizdan), tojiklar (43 foiz), latişlar (44 foiz), özbekistonliklar (45 foiz) hamda armanistonliklar (46 foiz) ham qayd etilişgan.






