Fransiya politsiyasi La-Kurev şahrida joylaşgan eng eski lölilar qarorgohida tozalaş ötkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Sen-Sen-Deni departamenti Yug Bezanseno 60ga yaqin homilador ayollar, bolalar va nogironlarga darhol boşpana olişga vauçer taqdim etilgan. Qarorgohda istiqomat qiluvçi yana 200 kişiga boşpana topiş masalasi ustida mahalliy hokimiyat boş qotirmoqda.
Şunga qaramay, erkin jurnalistlarning yozişiça, 50 kişi boşpanasiz qolmoqda. Odamlarni evakuatsiya qiliş uç soat davom etgan, bu vaqt içida ularning vaqtinçalik qarorgohlari buzib taşlangan.
“Ular biz uçun heç narsa qilişmadi. Ular bizga bu yerda örin yöqligini aytişdi”, - dedi qarorgohda rafiqasi va uç nafar farzandi bilan birga istiqomat qilib kelgan Brindas Dan.
La-Kurev şahridagi lölilar qarorgohi 2009 yilda yuzaga kelgan. Unda 200dan 300gaça odam yaşagani aytilmoqda.






