Joriy yilda 60 yilligini nişoylaydigan Ginnes rekordlar kitobi tahririyati naşr paydo bölgandan beri qayd qilingan insoniyatning asosiy yutuqlari haqida sözlab berişga qaror qildi. Bu haqda naşrning saytida aytib ötildi.
Naşr özining paydo bölganining birinçi yili eng muhim yutuq sifatida 1955 yilda qöşiqlari xit-paradlarning eng yuqori çöqqisini eng köp marta egallagan Elvis Preslining fenomenal yutuğini aytdi.
Tahririyat 1960-yillardagi koinot bilan boğliq bir neçta yutuqlarni qayd etib ötdi. 1961 yilda eng katta yutuq sifatida Yuriy Gagarinning koinotga parvozi, 1965 yilda Aleksey Leonovning oçiq fazoga birinçi bölib çiqişi, 1969 yilda Oy sirtiga birinçi bölib qadam qöygan fazogir Nil Armstrongning erişgan yutuği aytib ötildi.
1971 yil naşrga birinçi yuborilgan e-mail xabar, 1973 yil – mobil telefondan birinçi qönğiroq, 1978 yil eng semiz egizaklar bilan yodda qolarli böldi.
1980-yillarda naşr sahifalaridan jahonda eng köp sotiluvçi musiqa albomi – Maykl Jyeksonning Thriller albomi, dunyoning eng faol Kilauea vulqoni va eng muvaffaqiyatli boşqotirma öyin “Tetris” öyini joy oldi.
Ginness rekordlar kitobi tomonidan 1990-yillardagi eng asosiy voqealar sifatida internet-brauzerning paydo bölişi, kartadan yasalgan eng baland uyça, birinçi töliq metrajli kompyuter multfilmi (“Öyinçoqlar tarixi”) va uzunligi 30,5 metrni taşkil qiluvçi limuzin e'tirof etildi.
2000-yillarda eng muhim natijalar qatoriga boğ gnomlarining eng katta kolleksiyasi, dunyodagi eng katta toşbaqa, eng uzoq davom etgan könişsiz parvoz va 2009 yilda 100 metrga yugurişda yamaykalik sprinter Useyn Bolt tomonidan örnatilgan 9,58 soniyalik rekord natija kiritildi.
Oxirgi ön yillik Feliks Baumgartnerning 39 kilometrlik balandlikdan sakraşi, eng köp miqdorda sotiluvçi öyin (GTA V) va teleboşlovçi Ellen Dejyeneres 2014 yilda “Oskar” mukofotida guruh bölib tuşilgan selfini çop etgan tvitiga eng köp miqdordagi retvitlar (javob tvitlari) bilan esda qoldi.






