Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan Özbekistonning har bir hududida Mustaqillikning 24 yilligi oldidan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” ğoyasini özida mujassam etgan madaniy-ma'naviy tadbirlar dasturi ötkazilmoqda.
Xususan, respublikamizning turli hududlaridagi tuman va şaharlar, mahalla guzarlari, mehnat jamoalarida madaniy-ma'rifiy tadbirlar taşkil etilmoqda. Hududlardagi “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yaşayotgan insonlar xolidan xabar olinib, manzilli qöllab-quvvatlanmoqda.
Özbek Milliy akademik drama teatrida Özbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bağişlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” şiori ostida bölib ötgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir ham ana şunday tadbirlardan biri böldi.
Tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xodimlar, poytaxt korxona va taşkilotlarida faol mehnat qilgan faxriylar, keksa avlod vakillari va yoşlar iştirok etdi.
Tadbir taşkilotçilari tomonidan Özbekiston Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda izçillik bilan amalga oşirilayotgan “özbek modeli”ning muhim yönalişi – kuçli ijtimoiy himoya siyosati özining yuksak samaralarini berayotgani ta'kidlandi. Bu borada yolğiz keksa, pensioner va nogironlarga ğamxörlik körsatiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş kabi xalqimizga xos bölgan ezgu amallar yaxşi an'anaga aylangan.
Tadbirda şuningdek, mamlakatimizda inson manfaatlari yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasi, qölga kiritilayotgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati va ahamiyati butun dunyo tomonidan tan olinayotganligi, mamlakatimizning iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatoridan örin olganligi alohida ta'kidlandi.
Istiqlol bayrami munosabati bilan “Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi doirasida Toşkent şahridagi yolğiz va ijtimoiy himoyatalab keksalar yaşayotgan 212 ta oilaga uy yumuşlarini yengillaştiriş maqsadida maişiy va oşxona elektr jihozlari – kir yuqiş maşinalari, muzlatgiçlar, çangyutkiç va mikrotölqinli peçlar, elektr peçlari, sovğa qilindi. Poytaxt korxonalarida samarali mehnat qilib kelayotgan turli soha xodimlari ham munosib taqdirlandi.
Tadbirda Toşkent şahar kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi tomonidan Mudofaa va Içki işlar vazirliklari tizimida xizmat vazifasini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va içki işlar xodimlari oilalariga moddiy yordam körsatildi. “Kasaba uyuşmalari – talabalarga” aksiyasi doirasida oliy va örta maxsus öquv yurtlarida tahsil olayotgan 41 nafar kam ta'minlangan iqtidorli talabaga Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan stipendiyalar topşirildi.
Tadbir söngida yiğilganlar e'tiboriga taniqli san'atkorlar iştirokida konsert va Özbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari ijrosidagi spektakl namoyiş qilindi.






