Örta Yer dengizida Liviya qirğoqlari yaqinida 200 nafar muhojirni olib ketayotgan qayiq çökib ketdi. Bu haqda AFP agentligi ma'lum qildi.

“Falokat natijasida kamida 30 kişi halok bölgan, önlab odamlar bedarak yöqolgan. Omon qolganlarni qutqariş böyiça operatsiya olib borilmoqda”, deb aytdi Tripolidagi hukumat vakili.
Vakilning aytişiça, gap asosan afrikalik muhojirlar haqida ketmoqda. Ular Örta Yer dengizi orqali Yevropa Ittifoqining janubiy çegaralari – Italiya va Gretsiyaga yetib olmoqçi bölişgan.

26 avgust kuni ham Liviya qirğoqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan yana bir kema halokatga uçragan edi. Migrant Report internet-naşrining ma'lum qilişça, bu falokatda 20 ga yaqin kişi halok bölgan. Bundan taşqari, yana 30 nafar muhojir boşqa bir tölib-toşgan kemada dvigatelga juda yaqin turganlari sababli undan çiqqan gazlardan böğilib halok bölganlar.