Rossiyada birinçi yarimyillikda sanktsion röyxatdan örin olgan mahsulotlar importi 2014 yilning şu davriga nisbatan 46 foizga kamaydi. Rossiya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi ma'lumotiga köra, uşbu mahsulotlarning umumiy qiymati 6 mlrd dollarni taşkil etadi.
Ayniqsa, sut mahsulotlari, birinçi navbatda pişloq va saryoğ, şuningdek, göşt va baliq, olma, nok hamda behini mamlakatga olib kiriş hajmi keskin kamaydi.
Ma'lumotlarga köra, göşt importi 962 mln dollargaça qisqargan. 2014 yilning şu davrida 1,719 mln dollarlik göşt mahsulotlari import qilingan edi. Baliq importi esa 2014 yildagi 988 mln örniga 447 mln dollargaça qisqargan, sut va qaymoq importi 196 mln dollar (343 mln dollar)ga kamayib ketdi.
2015 yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyaga 12 mlrd 629,3 mln dollarlik oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari olib kirilgan bölib, 2014 yilning xuddi şu davrida bu körsatkiç 20 mlrd 512,3 mln dollarni taşkil etar edi.
Şu bilan bir qatorda, oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti hajmi 15,8 foizga qisqargani qayd etildi.
2015 yilning birinçi yarimyilligida buğdoy va un eksporti hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,1 foiz, kungaboqar yoği — 11,9 foiz, baliq – 9,3 foiz, alkogol mahsulotlari – 41,2 foizga qisqargan. MDH, Osiyo va Şimoliy Afrika, Yevropa Ittifoqidagi bir qator (Niderlandiya, Latviya, Germaniya, Italiya, Polşa, Litva, Ispaniya, Daniya, Belgiya va boşqalar) mamlakatlari Rossiyada yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining asosiy importçisi hisoblanadi.
Sönggi vaqtlarda Xitoy ham Rossiyaning asosiy eksportyorlari safidan örin egallamoqda.






