AQŞning Arizona ştatida yaşaydigan oila öz uylaridagi oşxonani ta'mirlaş vaqtida devor ortida qolib ketgan begona seyf topib oldi. Bu seyf içida 51 ming dollardan ortiqroq pul borligi ma'lum böldi.

Bu seyf içida puldan taşqari 1960 yilda işlab çiqarilgan Burbon vinosi hamda 1977 yilda naşrdan çiqqan "Sarosimadagilar uçun qöllanma" nomli Frits Şumaxer qalamiga mansub kitob ham topilgan.

Şuningdek, bu juftlik pölat sandiq içidan oq-qora rangdagi suratni olişgan.

Noma'lum yoş yigit tasvirlangan suratning orqa tomonida yozuv ham bor.
"Alan, menda sen öqişing uçun kitob bor. Men bu kitobda köp ba'zi narsalarni kördim. Sening dösting Vinsent", deb yozilgan surat ortiga.

Bu oila öz topilmalari haqida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilişgan va sirli Alanni topib, unga kitobni hamda pullarni topşirmoqçiliklarini aytişgan. Burbon vinosini esa özlarida olib qolişmoqçi.