Keniyalik 27 yoşli Muhammad Husayn Said Mayami sudi tomonidan Afrika va Yaqin Şarqdagi terrorçilik taşkilotlarini moliyalaştirişdagi aybiga iqror bölgandan keyin 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Husayn Said “Al-Qoida”, “An-Nusra fronti” va “Aş-Şabob” kabi terrorçilik taşkilotlarini moddiy qöllab-quvvatlaşda ayblanmoqda. Ayblanuvçi ularni moliyalaştiriş uçun umumiy hisobda 11,6 ming dollar yuborgan.

Ayblov hukmida u özining şerigi bilan terrorçilar orasida ommalaşgan onlayn-çat orqali Suriya prezidenti Başar Asad hukumatini töntarib taşlamoqçi bölayotgan “An-Nusra fronti” (“Jibhat an-Nusra”) guruhiga moliyaviy kömak jalb qilgani va yangi jangarilarni yollaşda foydalangani ta'kidlanmoqda.

Şuningdek, ular Somali hududida şariat qonunlarini örnatiş uçun kuraşayotgan “Aş-Şabob” terrorçilik guruhiga pul yuborgani ham iddao qilinmoqda.