Özbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida mustaqil Özbekistonning buyuk yutuqlari haqidagi mustaqillik.uz nomli portalni işga tuşirildi. Bu haqda Uzinfocom markazi xabar bergan.

Uşbu portalda özbek xalqi hayotidagi eng muhim voqealar va yutuqlar bilan tanişiş mumkin. Unda Özbekistonning muvaffaqiyatlarini namoyiş etuvçi raqamlar va faktlar yillar va mintaqalar böyiça berilgan.

Portalning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

 - mamlakat aholisini mustaqillik yillaridagi yutuqlar bilan taniştiriş;
 - vatanparvarlik tuyğusini oşiriş va aholini bir maqsad yölida birlaştirişga erişiş;
 - asrlar davomida yaratilgan bebaho ma'naviy va madaniy merosni qayta tiklaşga intiliş;
 - yoş avlod ongida mamlakat kelajagiga nisbatan mas'uliyatni oşiriş.

"Saytimizga taşrif buyuring, multimedik materiallar bilan tanişing va baho bering. Loyiha mualliflari axborotlar işonçli va batafsil bölişi ustida jiddiy işlaşgan", deyiladi xabarda.