Şveytsariyaning Dynamic Test Center AG (DTC) taşkiloti soatiga 200 km tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil avariyaga uçraganda u bilan nima sodir bölişini namoyiş qiluvçi kraş-testlar seriyasini ötkazdi. Sinovlar aks etgan videorolik YouTube portalida joylaştirildi.
Avtomobillarni toğdan pastga harakatlantirib, joyida turgan maşinalar bilan töqnaştirişdi. Sinovlarda manekenlardan foydalanilmadi, çunki ulardan maqsad transport vositasining katta tezliklarda avariyaga uçraşi oqibatida uning kuzovining deformatsiyalaniş darajasini körsatişdan iborat böldi.






