Xitoyning Tencent telekommunikatsion kompaniyasi ixtiroçilari bolalar uçun möljallangan eng aqlli soatlardan birini namoyiş qilişdi.

QQ Watch nomli yangi soatlar 1,12 dyuymli (2,85 sm li) diagonal va körsatiş qobiliyati 128 ga 128 nuqta bölgan ekranga ega. Soatlar IP65 sinfidagi çang va namdan himoyaga ega bölib, buning evaziga ularni bemalol suv bilan yuviş mumkin.

Soatlar bola yöqolib qolgan taqdirda uning joylaşgan örnini aniqlaş uçun işlatiladi. Bola ota-onasiga şoşilinç xabar yuborişi uçun SOS tugmasi közda tutilgan. Bolaning joylaşgan örnini maksimal darajadagi aniqlik bilan aniqlaş uçun soat GPS, Wi-Fi va uyali aloqa tarmoğidan foydalanadi. Agar bolaning joylaşgan örnini aniqlaş uçun xaritadagi nuqta yetarliça aniq bölmasa, soatda 0,3 Mp li kamera örnatilgan bölib, bola bu kamera yordamida ota-onasining smartfoniga uning atrofini örab turgan joyning suratini yuborişi mumkin.

Işlab çiqaruvçilarning aytişiça, soat akkumulyatori töliq quvvatlanganda 5 kun davomida işlay oladi. Qurilmaning narxi hozirça ma'lum qilinmayapti. Xitoyda soatlar oktabrdan sotuvga çiqarilişi rejalaştirilgan.