Arktikaning tabiiy zaxiralari va yangi savdo yöllariga ega hududlari uçun kuraş allaqaçon sovuq uruşga qiyoslanmoqda, deb yozmoqda New York Times naşri. AQŞlik amaldorlar va tahlilçilarning fikriça, Arktikaga egalik qiliş poygasida AQŞ boşqa davlatlardan, ayniqsa Rossiyadan ortda qolmoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, Alyaska sohilböyi qöriqlaş xizmatiga bir vaqtda Bering böğozi orqali faol kemaçilikni va bu hududda baliqçilikni kuzatiş uçun kemalar yotişmayapti. Qöriqlaş xizmati floti, şu jumladan ikkita muzyorar kema eskirib bormoqda. Baland kengliklarda aloqa rivojlanmagan, çuqur suv portlari ham mavjud emas. Bularning barçasi sarmoya talab qiladi, biroq bu sarmoyalar siyosiy bahslar, byudjyet çeklovlari va qoğozbozçilik sababli yillar davomida mavjud bölmay kelmoqda.

“Biz birinçi kun mamlakatda Arktikada qandaydir bir muhim joylaşganlikni qöllab-quvvatlaş uçun imkoniyatlar yöqligini baralla aytayotganimiz yöq”, deb ta'kidlamoqda sohilböyi qöriqlaş xizmatiga qömondonlik qiluvçi admiral Pol Zakanft.
Naşrning ta'kidlaşiça, Rossiya esa Arktika hududida 10 ta qidiruv-qutqaruv stansiyasini qurmoqda va sobiq ittifoqning avvalgi bazalarini tiklab, harbiy salohiyatini oşirib bormoqda. AQŞ harbiylari bunga xavotir bilan qaramoqdalar: AQŞ armiyasi Alyaskada ikkita brigadani qisqartirişni rejalaştirmoqda, harbiy-havo floti esa Arktikada operatsiyalar ötkaziş böyiça kam tajribaga ega ekanligini tan olmoqda. Bundan taşqari, Rossiya BMTning dengiz huquqi böyiça konvensiyasiga muvofiq, Arktika şelfi çegaralarini kengaytiriş böyiça ariza topşirdi, bu orada AQŞ bölsa hali ham bu konvensiyani ratifikatsiya qilmagan.

“AQŞ bu öyinga hattoki qöşilmagan ham”, deb aytmoqda AQŞ Davlat departamentining Arktikadagi hamkorlik masalalari böyiça maxsus vakili, iste'fodagi admiral Robert Papp. “Men AQŞ Rossiya hozirda Arktikada amalga oşirayotgan işlar – yangi bazalar quriş, telekommunikatsiya va qidiruv-qutqaruv imkoniyatlaridan juda bölmasa birortasini amalga oşirişini istar edim”, deb ta'kidlamoqda Papp. Pappning aytişiça, sovuq uruş zamonlarida, Sobiq ittifoq koinotga sun'iy yöldoş uçirganda AQŞ qöllarini osiltirgança “şovvoz ona Rossiya” deb ötirmay, munosib harakat qilganini ta'kidlab ötdi.