2015 yil 29 avgustda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida mamlakat parlamenti huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş Parlament komissiyasining yiğilişi bölib ötdi.

Fondning ma'lumotlariga köra, yiğilişda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Senati a'zolari, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari hamda mas'ul davlat muassasalari vakillari iştirok etişdi.

Yiğiliş davomida Parlament komissiyasi e'lon qilingan 3- va 4-grant tanlovlari böyiça ğoliblarni aniqladi. Joriy yilda ötgan yilgi şunday tanlovlarga nisbatan iştirokçilar soni 3,1 barobar, loyihalar soni 3,3 barobarga oşgani qayd etildi. Hammasi bölib 3- va 4-grant tanlovlarida 465 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari iştirok etib, ular tomonidan 353 ta loyiha taqdim qilindi.
Natijada 1 mlrd 950 mln. sömlik 78 ta loyiha ğolib böldi.

Parlament komissiyasi, şuningdek, 29 avgustdan 6 oktabrgaça ötişi e'lon qilingan 5- va 6-davlat grant tanlovlarini ötkaziş masalalarini körib çiqdi. Tanlovlar fuqarolik jamiyati institutlarining aholining huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va huquqlarini anglaşini oşirişni kuçaytirişga qaratilgan.
NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari taklifiga köra, yiğilişda qöşimça grant tanlovi ötkaziş tasdiqlandi. Buning uçun qöşimça 700 mln söm ajratildi.

Qöşimça tanlov fuqarolik jamiyati institutlarining Özbekiston xalqlari madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda jamiyat hayotining turli sohalaridagi yutuqlarni ommalaştiriş böyiça loyihalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.